У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu “Oltin to‘p—2016” mukofoti taqdimot marosimidan oldin sochini oltin rangga bo‘yadi

calendar 11.12.2016
3768

Madridning “Real” jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu “Oltin to‘p–2016” mukofoti taqdimot marosimidan oldin sochini oltin rangga bo‘yadi.

2016-yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrinning taqdimot marosimi 12-dekabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi. Ko‘pchilik 31 yoshli hujumchini “Oltin to‘p–2016” uchun favorit deb hisoblamoqda. Ronaldu o‘tgan mavsumda “Real” bilan YChL g‘olibi, Portugaliya termasi bilan esa Yevropa chempioni bo‘ldi.

Portugaliyalik futbolchi “Oltin to‘p” uchun kurashda g‘olib chiqishiga ishonayotgani qayd etilmoqda. Aynan shu sababli u sochini mukofot rangiga bo‘yadi. U jamoa mashg‘ulotiga yangi imijida keldi.

Яндекс.Метрика