У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu penaltidan 100-golini urdi

calendar 28.01.2018
1085

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 21-turida «Valensiya» darvozasini ikki marta penaltidan ishg'ol etdi. Valensiyadagi «Mestalya» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

15-daqiqada «Real»ning qarshi hujumi Krishtianu Ronalduning «Valensiya» jarima maydonida yiqilishi (Martin Montoyya uni yiqitgandi) bilan yakunlanib, penalti belgilandi va jabrlanuvchining o'zi uni aniq ijro etdi. 37-daqiqada Montoyya endi Karima Benzemani yiqitdi va bu safar ham Ronaldu 11-metrli nuqtadan adashmadi.

Portugaliyalik futbolchi shu tariqa faoliyatida 100-marta penaltidan urilgan golini nishonladi (boshqa klublar va milliy terma jamoadagi gollar bilan qo'shib hisoblagandi).

Яндекс.Метрика