У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu qaysi jamoaga o'tmoqchi ekanini ma`lum qildi

calendar 22.06.2017
4358

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi bo'yicha bir to'xtamga kelgan, deb yozmoqda Marca nashri.

Manba bergan xabarga ko'ra, portugaliyalik futbolchi Fransiyaning «PSJ» klubiga o'tishni istamoqda.

32 yoshli futbolchi Konfederatsiyalar kubogidan keyin «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, Parij klubidan tushayotgan taklif masalasida gaplashib olmoqchi. Qayd qilinishicha, Ronaldu Yevropa futbolida qolishni istaydi. Shu sababdan u Xitoydan tushayotgan takliflarni ko'rib chiqishni ham rejalashtirmagan.

Bundan oldinroq, «PSJ» Ronaldu uchun 100-150 mln. yevro atrofida to'lashga tayyorligini ma`lum qilgandi. Bundan tashqari parijliklar Krishtianuga «Real»da oladigan maoshidan ko'proq to'lamoqchi.

Яндекс.Метрика