У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu «Real» bilan mashg'ulotlarga kirishdi

calendar 06.08.2017
1406

Krishtianu Ronaldu 5 avgust kuni «Real» bazasida mashg'ulotlarni boshladi. Bu haqda Madrid klubi saytida ma`lum qilingan.

Ronaldu Rossiyada o'tgan Konfederatsiyalar kubogidagi ishtirokidan keyin ta`til olgan va 5 avgustda klubga qaytgan.

32 yoshli futbolchi mashg'ulotning birinchi yarmini jamoa bilan yakunlagan, so'ngra individual dastur bo'yicha ishlagan.

8 avgustda Zayniddin Zidan shogirdlari UYeFA Superkubogi uchun «Manchester Yunayted» futbolchilari bilan bahslashadi. Uchrashuv Makedoniya poytaxti Skopedagi «Makedoniyalik Filipp II milliy stadioni»da bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Яндекс.Метрика