У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu «Real»dan ketmoqchi, Peres bundan xabardor

calendar 16.06.2017
2880

«Real»ning portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu mojarolar girdobida qolgani tufayli Ispaniyada qolishni istamayapti.

A Bola xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi iyul oyidayoq Ispaniyadan ketmoqchi. U prezident Florentino Peresga jamoaga muhabbatiga qaramasdan Konfederatsiyalar kubogidan keyin jamoadan ketish istagida ekani haqida bildirgan. Bu Ispaniyadagi prokurorlar Ronalduni soliqlarni to'lamagani yuzasidan ko'p bezovta qilayotgani bilan bog'liq.

Ispaniya prokuraturasi ushbu futbolchi 2011 yildan 2014 yilgacha hukumatga 14,7 million yevro miqdorida soliq to'lamagani yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atgan. Matbuotda Ronaldu o'z imij huquqi orqali topilgan mablag'larni 2010 yilda o'zi tomonidan tashkil etilgan fond orqali yashirgani haqida yozilmoqda. Futbolchi Ispaniyadagi huquq-tartibot organlari tomonidan jami 4ta jinoyatni sodir etishda ayblanmoqda va unga bu uchun 5 yildan 7 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Яндекс.Метрика