У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu Turinda! Futbolchi “Yuventus” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi (foto)

calendar 16.07.2018
1530

Avvalroq Turinning “Yuventus” jamoasi Madridning “Real”idan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni transfer qilganini ma’lum qilgandi.

Futbolchi ayni damda Turinga yetib kelgan va o‘zining yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ulgurdi.

Ma’lumot uchun Ronalduning transfer qiymati umumiy hisobda 112 million yevroni tashkil etdi.

112 million yevro quyidagicha taqsimlanadi:

—  “Real” 100 million yevro oladi.

— FIFAning odatiy mexanizmiga ko‘ra 5 million yevro (transfer qiymatining 5%) futbolchi 12 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan davrida o‘ynagan klublarga taqsimlanadi.

— Qolgan 7 million yevro tranzaksiya xarajatlari, ya’ni bitimni rasmiylashtirish bilan bog‘liq sarflar uchun ajratiladi.

Ronaldu turinliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. Qayd etilishicha, uning maoshi yiliga 31 million yevroga bo‘ladi.

33 yoshli portugaliyalik 2009-yilda “Manchester Yunayted”dan “Real”ga o‘tgandi. O‘shanda madridliklar futbolchi uchun 93 million yevro to‘lagandi.

Ispan klubi bilan Ronaldu 13 ta unvonni qo‘lga kiritdi. U to‘rt marta Chempionlar Ligasini, ikki martadan Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi, Ispaniya Superkubogini, uch marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Umumiy hisobda Ronaldu “Real”da 438 ta uchrashuv o‘tkazib, 450 ta gol kiritgan. Klub uchun undan ko‘p gol kiritgan futbolchi yo‘q.

 

Яндекс.Метрика