У нас есть только
оригинальные песни

Ronaldu yana ota bo'lmoqchi

calendar 31.12.2015
4539

Madridning "Real" jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu o'g'li Krishtianino (ya'ni kichik Krishtianu) yaqin kelajakda aka bo'lishi mumkin. Bu haqida Daily Mail nashri xabar yozgan.

Portugaliyalik hujumchi FHM jurnaliga bergan intervyusida 5-6 farzandning otasi bo'lish istagi borligini aytib o'tgan.

"Men ko'p farzand ko'ra olishim uchun sharoitim etarli. 5-6 farzandni dunyoga keltirish niyatim bor. Faqatgina menga munosib ayolni topishim kerak", - Ronaldu.

U ayni vaqtda ta'tilni o'tkazish uchun Mayamiga kelgan. Futbolchi o'g'lini onasi bilan Madridda qoldirgan. Qayd etilishicha, u shu vaqtgacha hamisha sayohatlarga chiqqanida oilasini tashlab ketmas edi.

Portuguliyalik telejurnalist Kristina Morayes Karvalo Ronaldu yana bir farzand ko'rmoqchiligi haqida aytib o'tgan. U ikkinchi farzandning onasi bo'lishi mumkin bo'lgan ayol ham ayni vaqtda Mayamida ekaniga ishora qilgan.

Ma'lumot uchun, uning birinchi o'g'li Krishtianino 2010 yilning 17 iyunida dunyoga kelgan. Ronalduning o'g'lini surrogat ona dunyoga keltirgan.

Яндекс.Метрика