У нас есть только
оригинальные песни

Ronalduga ancha ko'proq muddatga qamoq jazosi tahdid solmoqda

calendar 26.05.2017
1751

Ispaniya moliya vazirligi soliq xizmatining «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduga qo'ygan ayblovini qo'llab-quvvatladi. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Organlarning hisob-kitobiga ko'ra, portugaliyalik futbolchi 2011 yildan 2013 yilgacha 600 ming yevro miqdoridagi soliqni to'lamagan, buni esa jinoiy ish sifatida qabul qilish mumkin. Endilikda Ronalduga avval aytilganidek 4 oylik emas, 5 yillik qamoq jazosi tahdid soladi.

Moliya vazirligi qayd etishicha, agar futbolchi o'z aybini to'la tan olsa va yashirilgan soliq to'liq holda to'lansa - hukm yumshatilishi, qamoq muddati 15 oygacha kamaytirilishi mumkin. Bundan tashqari surishtiruv ishlarida Ronaldu yuristlarining harakatlari ham nazorat ostiga olinishi mumkin.

O'tgan yil kuzida Germaniyaning «Shpigel» haftalik gazetasi Football Leaks onlayn platformasiga asoslanib, Krishtianu Ronaldu bir necha yillardan buyon pullarini Virjiniya orollariga qarashli ofshorlarda saqlashi va buning ortidan bir necha o'n million yevro soliq to'lashdan qochgani haqida ma`lum qilgandi. Taxminlarga ko'ra, futbolchi reklamadan tushgan daromadlarining 75 millionini aynan ofshor firmalarga yo'naltirgan.

Яндекс.Метрика