У нас есть только
оригинальные песни

Ronalduga navbatdagi sovrin topshirildi

calendar 04.11.2017
1341

«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi talqiniga ko'ra 2016 yilning eng yaxshi to'purari sovrini topshirildi. Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Gollarni hisoblash chog'ida xalqaro darajada terma va klub uchun urilgan to'plargina hisobga olinadi. 2016 yilda 32 yoshli forvard 24 ta gol kiritdi (Portugaliya termasi uchun – 13 ta, «Real» uchun – 11 ta). Ronaldu ushbu sovrinni rekord, uchinchi marotaba qo'lga kiritdi. Avval u 2013 va 2014 yillarda ham bu borada tengsiz deb topilgandi. 

Яндекс.Метрика