У нас есть только
оригинальные песни

Ronalduni o'z farzandi butun internetda sharmanda qildi …

calendar 13.12.2017
6352

“Real Madrid” jamoasi va Portugaliya yulduzi Krishtianu Ronalduning o'g'li Junior Krishtianuning instagramdagi statusi otasining muxlislarini qattiq g'azablantirdi. Bolakay uning kumiri otasining azaliy raqibi bo'lgan Leonel Messi ekanini yashirib o'tirmadi. 
Instagramdagi yozishmalarida u, hatto Ronalduning muxlislari bunga qarshi reaksiya bildirishlariga qaramay, faqat Messining ashaddiy muxlisi ekanini ta'kidlashdan nariga o'tmagan. 
Biroz ilgari kichkina Krishtianu otasidan Messi bilan tanishtirishini iltimos qilgandi va bu istagiga erishib, Messidan dastxat ham olgandi. 
Ammo Ronaldu: "Kichik Krishtianuda o'zimni ko'ryapman, ammo u mening o'g'lim bo'lganligi uchungina emas. U mendan ham yaxshiroq bo'lmoqchiligini aytdi. U ham beshta "Oltin to'p" olmoqchi. Uning o'yinlari menga yoqadi. Krishtianuda qandaydir o'zgachalik bor. Biroq unga bosim o'tkazmayman. Chunki hali juda ham yosh”, deya faqat uning orzulari haqida gapirdi. 
Gap Messiga borib taqalganda esa: “Messi bilan raqobat borasida ko'p o'ylamayman. Mening motivatsiyam - bu o'zim. Men o'zimni engish uchun kurashaman", - dedi u.

Яндекс.Метрика