Ronalduning kelajagi bugun hal bo'lishi mumkin


«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorjye Mendesh bugun Qirollik klubi rahbariyati bilan uchrashib, o'z mijozining kelajagi masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Sky Italia xabar bermoqda.

Manba ma`lumotiga ko'ra, Mendesh klub rahbariyatiga 33 yoshli ushbu futbolchi uchun berilgan 100 million yevrolik taklifni rasman taqdim etgan. Agar uchrashuv muvaffaqiyatli kechsa, Ronalduning taqdiri 48 soat ichida hal bo'ladi.

Ronalduning keyingi klubi katta ehtimol bilan «Yuventus» bo'ladi.

Ushbu klub portugaliyalik yulduz bilan 4 yillik shartnoma bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Unga ko'ra futbolchi yiliga 30 million yevro maosh oladi.

La Gazzetta dello Sport ma`lumotiga ko'ra, Ronaldu «Yuventus» bosh murabbiyi Allegri o'tgan juma kuni telefon orqali muloqot qilgan, o'shanda murabbiy Turinga kelib «Yuventus» prezidenti Andre Anelli bilan transferlar masalasida gaplashib olgandi.

«Real»ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Ronalduni qolishga ko'ndirolmagan. Chiringuito de Jugones ma`lumotiga ko'ra, Lopetegi portugaliyalik futbolchiga qo'ng'iroq qilgan, ammo futbolchi o'z sabablarini keltirib, ketishini ma`lum qilgan.

Italiya matbuoti taxminiga ko'ra, ayni vaqtda «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli Piza aeroportidan xususiy samolyotda Gretsiyaning Kalamata shahriga yo'l oldi. U shu shahar yaqinidagi Pilos kurortida ta`tilni o'tkazayotgan Ronaldu bilan uchrashib, uni Turin klubiga o'tishga ko'ndirmoqchi.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!