У нас есть только
оригинальные песни

«Roskomnadzorning Telegram bilan urushi abadiy davom etadi»

calendar 28.04.2018
1154

Rossiyadagi internet-ombudsmen Dmitriy Marinichevning ma`lum qilishicha, Roskomnadzor va Telegram messenjeri qarama qarshiligi abadiy davom etadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Bu abadiy davom etishi mumkin, sababi Telegram – bu sayt emas, balki ilova. Uni IP-manzillarni bloklash orqali to'sib qo'yish imkonsiz, hamda urush abadiy davom etadi. Bu Telegram mijozlar qismi ochiq kod ekani, uni tahlil qilish va u qanday ishlayotganini tushunish hisobga olingan holda ham ro'y beradi», - dedi Marinichev.

Uning shuningdek ta`kidlashicha, Telegram o'z yangilanishlari tufayli bloklashni chetlab o'tish imkoniyati ega, qonunga rioya qiluvchi servislar esa qora ro'yxatga bundan keyin ham tushishda davom etadi.

«Qonunga rioya qiluvchi servislarning bu blokka tushib qolishi bilan bog'liq barcha vaziyat huquqiy nigilizmdagi pozitsiyani mustahkamlash, VPN/proxy o'rnatilishiga majbur qilmoqda», - dedi internet-ombudsmen.

Marinichevning qayd etishicha, qonunga zid kontent ishlab chiqaruvchilarni bloklash to'g'ri yondashuv bo'lardi. Bunda ushbu kontentni olishda yordam beruvchi servis chetda turishi kerak.

Яндекс.Метрика