У нас есть только
оригинальные песни

“Rossiya-1” telekanali Kim Chen Inga “tabassum” qo'shib qo'ydi

calendar 04.06.2018
866

“Rossiya-1” telekanalida efirga uzatiluvchi “Vesti nedeli”ning yangi sonida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In uchrashuvi haqidagi lavha namoyish qilindi. Ko'rsatuv boshlovchisi Dmitriy Kiselyov uchrashuv tafsilotlari haqida so'zlayotganda uning orqasidagi ekranda Lavrov va Kim Chen In bir-birlarini qo'llarini siqib turgan surat namoyish qilingan. Suratda Kim Chen In yengil tabassum qilgan holda aks etgan. Biroq tashqi ishlar vazirligi tomonidan 31 may kuni e`lon qilingan original suratda Kim Chen In jiddiy holda tasvirlangan. 

Ta`kidlanishicha, bundan telekanal nima uchundir Shimoliy Koreya yetakchisiga “tabassum” qo'shib qo'ygani kelib chiqmoqda, vaholanki uning shundoq ham tabassum qilib tushgan suratlari bo'lgan. 

Ma`lum qilinishicha, buni Lavrov va Kim Chen In uchrashuvidan olingan video ham tasdiqlaydi: ular bir-birlarini qo'l siqishib, tabassum bilan qarshilashgan, biroq jurnalistlar uchun suratda Shimoliy Koreya yetakchisi jiddiy holda ko'rinishni lozim topgan.

Яндекс.Метрика