У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya 2016 yilning 1 yanvaridan Turkiya bilan vizasiz rejimni to'xtatadi

calendar 28.11.2015
2170

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Rossiya 2016 yilning 1 yanvaridan Turkiya bilan vizasiz rejimni bekor qiladi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar tarqatgan.

"Rossiya Federatsiyasi hukumati qaroriga ko'ra, Rossiya va Turkiya o'rtasida amalda bo'lgan vizasiz rejim to'xtatiladi", deydi Lavrov.

Vazirning so'zlariga ko'ra, rossiyaliklar uchun Turkiya tomonidan haqiqatda ham xavf mavjud.

Lavrovning ma'lum qilishicha, Turkiya jangarilar dunyoning turli tomonlariga tarqalish nuqtasiga aylangan.

"Ming afsuski, yumshoq qilib aytganda Turkiya o'z hududlaridagi bizning fuqarolarimiz xavfsizligini ta'minlamaydi", deydi vazir.

Qayd etish kerakki, Rossiya va Turkiya o'rtasidagi munosabatlar sovuqlashgandan sovuqlashib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta'kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o'tgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.

Яндекс.Метрика