У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya armiyasini tekshirish tadbiri tugallandi

calendar 22.03.2015
3629


16 mart kuni boshlangan Rossiya armiyasini "qo'qqisdan tekshirish” tadbiri 21 mart kuni o'z nihoyasiga etdi. Rossiya Bosh shtabining operativ boshqarmasi rahbari general-leytenant Andrey Kartapolovning xabar berishicha, mashg'ulotlarda ishtirok etgan qo'shinlar o'zlarining doimiy joylashgan o'rinlariga qaytish buyrug'ini olishgan. "Moskva vaqti bilan soat 15:00 da tekshiruv tugallanadi. Qo'shinlarga o'zlarining joylashgan o'rinlariga qaytish buyrug'i berildi”, deb aytdi Karkapolov. Mutaxassislarning baho berishicha, ushbu tadbir Rossiya Shimoliy floti kuchlarining Rossiyaning Arktikadagi sarhadlari harbiy xavfsizligini ta'minlashda yuqori tayyorgarlikka egaligini ko'rsatdi.
Manba: tass.ru
Яндекс.Метрика