У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya arzon mobil internet bo‘yicha dunyoning rivojlangan mamlakatlari orasida uchinchi bo‘ldi

calendar 05.09.2015
1342


Content Review axborot-tahlil agentligi yalpi ichki mahsuloti hajmi bo‘yicha yuqori 50 talikka kiruvchi mamlakatlardagi mobil internet tariflarini tahlil qilib chiqdi. "Megafon” operatori vakilligidagi Rossiya dunyoda mobil internet uchun eng past tariflarga ega mamlakatlar uchligiga kirdi, Eron va Pokistongina undan o‘zib ketdi.

Mobil internet narxini hisoblash uchun hajmi bo‘yicha 3 gigabaytga tenglashtirilgan paketli tariflar olindi. Bu Rossiyada va butun jahonda ham bir oyda ishlatiladigan mobil internet hajmiga juda yaqin.

Rossiyaning "Megafon”idagi narx-navo bilan qiyoslaganda, bir gigabayt axborot Buyuk Britaniyada 9,5 marta, Yaponiyada — 8 marta, Germaniya va Janubiy Koreyada — 7 marta qimmatdir.

Яндекс.Метрика