У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya Davlat Dumasi IShID sababli Telegram`ni bloklashni taklif qilmoqda

calendar 16.11.2015
1990

Rossiya Davlat Dumasida IShID jangarilarining faoliyati sababli Telegram mesenjeriga kirishga cheklovlar o'rnatish imkoniyatlarini ko'rib chiqish so'ralmoqda, deya xabar berdi RIA “Novosti”.

“Rossiya OAV xabarlarida IShID jangarilari tomonidan Telegram mesenjeridan tashviqot maqsadlarida foydalanilayotgan to'g'risidagi ko'plab ma'lumotlar ko'zga tashlanmoqda”, - deyiladi Rossiya Davlat Dumasi Konstitutsion qo'mitasi rahbari Aleksandr Ageevning maxsus xizmatlarga taqdim etgan murojaatida.

Deputatlar FXXdan mazkur ma'lumotlarni tekshirib ko'rish va ular o'z tasdig'ini topgan taqdirda, foydalanuvchilarning Telegram`ga kirishini cheklash imkoniyatlari ko'rib chiqishni so'rashmoqda.

Яндекс.Метрика