У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya hukumati 2018 yilga migrantlar uchun kvotani qisqartirdi

calendar 08.12.2017
1075

Rossiya hukumati 2018 yilda mamlakatdagi ishlar uchun 140 ming xorijlik fuqaroni jalb etish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi, deyiladi RF vazirlar mahkamasi saytida e`lon qilingan xabarda.

Avvalgi yil bilan taqqoslaganda kvota 20,7 foizga qisqardi. Federal qonunga ko'ra, hukumat Rossiyaga viza asosida kelayotgan xorijiy ishchilarni jalb etishdagi talab miqdorini belgilashi mumkin. Shu bilan birga, 140 ming xorijlikning 94,8 foizi malakali ishchilar bo'lishi kerak.

«Ustuvor professional-malaka guruhlari bo'yicha talabni taqqoslash mehnat bozorida malakali ishchi kuchiga bo'lgan ehtiyoj ortib borayotganidan dalolat beradi», - deya ta`kidlanadi xabarda.

RBK’ning RF ichki ishlar vaziri birinchi o'rinbosari Aleksandr Gorovoyga tayangan holda xabar berishicha, Rossiya hududidagi nolegal migrantlar soni 2,6 million kishini tashkil etadi. Uning so'zlariga ko'ra, nolegal migrantlar ulushi qisqarib bormoqda. Bundan tashqari, 2 million xorijlikka Rossiyaga kirish bo'yicha taqiq qo'yilgan.

Rossiyada inson huquqlari bo'yicha vakolatli vakil Tatyana Moskalkova boshqacha raqamlarni keltirgandi. U joriy yilning may oyida hisobot taqdim etdi, unda, ekspertlar taxminlariga ko'ra, Rossiyada 90 kundan ortiq vaqt davomida doimiy ravishda hujjatlarni rasmiylashtirmagan 3,4 million xorijlik yashashi iddao etiladi.

Яндекс.Метрика