У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev O'zbekistonga keldi

calendar 23.05.2017
1406

22 may kuni Rossiya ichki ishlar vaziri, politsiya generali Vladimir Kolokoltsev boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda O'zbekiston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.  

Kolokoltsevning ikki kunlik tashrifi vaqtida uning O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O'zbekiston Ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov bilan uchrashuvlari hamda ichki ishlar hududiy organlari bo'limlariga tashrifi belgilangan.   

Rossiya delegatsiyasining O'zbekistondagi tashrifi dasturining ilk bandi uning  Samarqanddagi yodgorlik majmuasiga tashrifi bo'ldi. Kolokoltsev bu yerga dafn qilingan O'zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etdi va uning qabriga gulchambar qo'ydi.

Яндекс.Метрика