У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya Markaziy banki mamlakat bankirlarini shoshilinch yig'ilishga chaqirdi

calendar 22.01.2016
986

Rossiya Markaziy banki mamlakat bankirlarini shoshilinch yig'ilishga chaqirdi. Markaziy bank yig'ilishda bank tarmog'i vakillari bilan normativlarni hisoblash uchun imtiyozli kursdan foydalanish muddatini uzaytirishni muhokama qilmoqchi. Bu haqda “Izvestiya” nashri bank tarmog'idagi bir necha manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.

“Yig'ilishda davlat va xususiy banklar vakillari ishtirok etadilar”, deb aytdi manba.

Valyutaning imtiyozli kursi 2014 yil oxirida rublning qadrsizlanishi ortida kapitalning etarliligi va kredit riski kontsentratsiyasi normativini hisoblash uchun kiritilgan. Dastlab u 2015 yil 1 iyuligacha amal qilishi taxmin qilingandi, biroq Markaziy bank uning muddatini bir necha bor uzaytirgan. 2015 yil boshiga imtiyozli kurs 1 dollarga 39 rubl, 2015 yil 1 oktyabridan esa 55 rubl qilib belgilangan.

Яндекс.Метрика