У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya Markaziy bankiga rubl kursini bir dollarga 40 rubl darajasida o'rnatish taklif qilindi

calendar 22.01.2016
991

Rossiya Federatsiya kengashida Markaziy bank dollar va boshqa zaxira valyutalariga nisbatan qat'iy kurs o'rnatishi kerak, deb hisoblashmoqda. Bunday fikrni Federatsiya kengashining iqtisodiy siyosat bo'yicha qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Sergey Kalashnikov RIA “Novosti” axborot agentligigaaytdi.

Senatorning aytishicha, rublning fiksirlangan kursi o'rnatiladigan bo'lsa, mamlakatda muqarrar ravishda valyuta qora bozori vujudga keladi, biroq bu Rossiya iqtisodiyoti uchun asosiy muammo emas.

Kalashnikovning fikricha, rublning hozirgi kursi jahon moliyaviy jarayonlari yoki neft bozoridagi narx-navoga hech qanday aloqasi yo'q, balki banklarning olibsotarlik o'yini oqibati hisoblanadi.

Senator agar u aytgan choralar ko'rilmasa, dollarning rublga nisbatan kursi muqarrar o'sishda davom etaverishini aytmoqda.

Яндекс.Метрика