У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya migratsiya xizmati rahbari noqonuniy muhojirlarni Yangi yilni uyda kutib olishga chaqirdi

calendar 15.12.2014
2314


Rossiya Federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiy mamlakat hududidagi barcha noqonuniy muhojirlarni Yangi yilni o'z uylarida kutib olishga chaqirdi. Bu haqda "RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. Xabar berishlaricha, 15 dekabr, dushanba kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlarning migratsiya masalalari bo'yicha ekspertlari uchrashuvi ish boshlagan. "Men bizning barcha xorijlik qoidabuzarlarimizga Yangi yilni o'z uylarida kutib olishni qat'iy tavsiya qilaman”, – dedi Romodanovskiy jurnalistlarga bergan intervyusida.Uning eslatishicha, ayni vaqtda Rossiya parlamentida migratsiya qonunchiligining ashaddiy buzg'unchilariga Rossiyaga kirishni taqiqlashni ko'zda tutuvchi qonun loyihasi ikkinchi marta o'qib chiqilmoqda. "Ushbu qonun Rossiya hududida bir yil va undan ortiq muddat davomida bo'lgan va migratsiya xizmatlarida ro'yxatdan o'tmagan shaxslarning Rossiyaga kirishini 10 yilgacha taqiqlashni nazarda tutadi. Bu amalda faol mehnat bilan shug'ullanish mumkin bo'lgan davrning yarmini tashkil etadi”, – deydi Rossiya migratsiya xizmati rahbari.Uning so'zlariga ko'ra, ushbu chora tarbiyaviy nuqtai nazarga ega. "Biz rubl bilan jazolamaymiz, ozodlikdan mahrum etmaymiz. Biz shunchaki ushbu fuqarolarni qabul qilmaymiz. Agar ular bizni hurmat qilishmas ekan, ularning bu erda qiladigan ishlari yo'q”, – deya qo'shimcha qildi Romodanovskiy.


Яндекс.Метрика