У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya munosabatlarni qayta tiklash uchun Turkiya qarshisiga uchta shart qo'ydi

calendar 15.12.2015
3179

Rossiya va Turkiya o'rtasidagi munosabatlar qayta tiklanishi mumkin. buning uchun Anqara uchta shartni amalga oshirishi lozim. Bu haqda Turkiyadagi Rossiya elchisi Andrey Karlov ma'lumotiga asoslanib, Hürriyet Daily News xabar bermoqda.

Karlovning so'zlariga ko'ra, birinchi shart — Turkiya hukumati Rossiyadan Su-24 bombardimonchisining urib tushirilishi yuzasidan uzr so'rashi kerak. Ikkinchi shart — bu voqea aybdorini topish va jazolash. Uchinchi shart — Turkiya yo'q qilingan samolyotning tovon pulini to'lab berishi kerak.

“Turkiya munosabatlarni yo'lga qo'yish haqida gapiradi, ammo o'zi bu yondashuvga zid bayonotlar beradi”, — dedi diplomat.

Karlovning ma'lum qilishicha, urib tushirilgan Su-24 kapitani Turkiya fuqarosi Alparslon Chelik tomonidan otilgan.

“U e'lon qilish uchun kamera qarshsiga kelib, parashyut bo'lagini ko'rsatgancha, turk tilida erkin gapirgan”, — deb qo'shimcha qildi diplomat.

Яндекс.Метрика