У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya O'zbekistonga bojsiz neft yetkazib berishni rad etdi

calendar 18.01.2017
1974

Rossiya «Omsk-Pavlodar-Chimkent-Zafarobod» quvuri bo'yicha neftni yuborish uchun texnik imkoniyatlarni topa olmagan. Bu haqda «Interfaks» agentligi RF energetika vazirligi vakiliga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Rossiya energetika vazirligi vakilining so'zlariga ko'ra, 2016 yil noyabr oyida O'zbekiston hukumati Rossiya neftini neft quvuri orqali eksport bojxona to'lovlarisiz yetkazib berishni tashkil etish bo'yicha Rossiya hukumatiga murojaat qilgan.

Agentlikka ko'ra, O'zbekiston maktubda aniq hajm haqida so'z yuritmagan. 

Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vazirligining qayd etishicha, Rossiya Jahon savdo tashkilotiga a`zo mamlakat sifatida neft bojini bekor qila olmaydi. Agar Rossiya O'zbekistonga eksport bojlarini bekor qilsa, u JSTga a`zo mamlakatlarning barchasiga bekor qilishi lozim bo'ladi. 

Bundan tashqari, ayni vaqtda, Rossiya neftini «Omsk-Pavlodar-Chimkent-Zafarobod» yo'nalishi bo'yicha quvur transporti orqali O'zbekistonga yetazib berish texnik tomondan imkoni yo'q, deb ta`kidlagan Rossiya energetika vazirligi vakili. 

Shu bilan birga, «Rossiya neft kompaniyalarining O'zbekistonga neft yetkazib berish bo'yicha arizalari ham kelib tushmagan», - de qo'shimcha qilgan vazirlik vakili. 

Яндекс.Метрика