У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya O'zbekistonga neft yetkazib berishni boshladi

calendar 20.11.2017
1370

Rossiya Federatsiyasi O'zbekistonga neftni sinov tariqasida yetkazib berishni boshladi. Bu haqda «Kommertsant`» nashri xabar bermoqda.

Nashrning ta`kidlashicha, O'zbekiston «Gazprom» bilan birgalikda uch yildan so'ng 5 mln. tonnaga mo'ljallangan yangi neftni qayta ishlovchi zavodni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Biroq yetkazib berish hajmini oshirish uchun Qozog'iston orqali neft quvurlarini kengaytirish talab etiladi, uning moliyaviy sxemasi esa hali noaniq, deb yozmoqda nashr.

Rossiya kompaniyasi juma kuni O'zbekiston yo'nalishida Qozog'iston orqali tranzit sifatida Omsk-Pavlodar-Chimkent neft quvuri bo'ylab neft yuborishni boshladi. Keyinchalik xomashyoni temir yo'li orqali yetkazish rejalashtirilmoqda.

Tasdiqlangan jadvalga ko'ra, hajm bir oyda 30 ming tonnani tashkil etadi, biroq talabga muvofiq sutkasiga 2 ming tonnaga qadar (ya`ni taxminan 60 ming tonna) oshirilishi mumkin.

Vaziyatdan boxabarlarning aniqlik kiritishicha, O'zbekiston yo'nalishi bo'ylab hozirda «Gazprom neft»ning nefti yetkazib berilmoqda. 

Яндекс.Метрика