У нас есть только
оригинальные песни

«Rossiya ovozini o'chirishi kerak» - Britaniya mudofaa vaziri

calendar 15.03.2018
1312

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson Moskvaning Britaniyadan bo'lgan diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish bo'yicha javob choralari haqidagi va`dasini izohladi va unga «ovozni o'chirishni» maslahat berdi. Bu haqda Sky News xabar qilmoqda.

«Biz qiladigan narsa – Rossiya bizning xatti-harakatlarimizga qanday javob berishini ko'rish. Rossiya Solsberida uyushtirgan holat, bu shafqatsiz va yaramas akt. Biz bunga javob qaytardik. Rostini aytsak, Rossiya chetga chiqishi va ovozini o'chirishi kerak», - deya ma`lum qildi Uilyamson.

Eslatib o'tamiz, avvalroq RF TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya ham britaniyalik diplomatlarni chiqarib yuborishi haqida aytib o'tgandi.

 

Яндекс.Метрика