У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya paralimpiya terma jamoasi to‘liq tarkibda Rio–2016 o‘yinlaridan chetlashtirildi

calendar 07.08.2016
2144

Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi Rossiya paralimpiya terma jamoasini Rio-de-Janeyroda o‘tadigan Yozgi Olimpiada o‘yinlaridan to‘liq tarkibda chetlashtirdi. Bu haqda “Daryo” nashri TJournalga asoslanib xabar bermoqda.

Qaror Richard Maklaren boshchiligidagi WADA mustaqil aksildoping komissiyasi hisobotini o‘rganish natijalariga ko‘ra qabul qilindi.

Qo‘mita rahbari Filip Kreyvenning so‘zlariga qaraganda, Sochidagi Paralimpiya o‘yinlari chog‘ida doping namunalari almashtirilgani borasida dalillar mavjud. Shuningdek, WADA hisobotida 2012–2015-yillar orasida rossiyalik paralimpiyachilarning 35 ijobiy doping namunalari yo‘qolib qolgani haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi butun Rossiya termasini diskvalifikatsiya qilish qaroriga yaqinligi haqida 6-avgust kuni The Guardian xabar qilgan edi. Ammo keyinchalik bir qator amaldorlar yakuniy qaror 7-avgust kuni o‘tkaziladigan matbuot anjumanida oshkor qilinishi haqida ma’lumot berdi.

Rio–2016 doirasidagi Paralimpiya o‘yinlari 7–18-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Яндекс.Метрика