Rossiya prezidentining mashinasi sotuvga qo'yildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan ishlatilgan Mercedes-Benz Guard Pullman S600 (W140) limuzini sotilishi haqida e`lon paydo bo'ldi. Zirhlangan "olti yuzinchi" modeldagi "Mersedes"ning narxi 1,3 mln yevroni tashkil qiladi. 

1995 yil ishlab chiqarilgan limuzin B6/B7 himoya sinflariga javob beradi. Bu avtomobil Kalashnikov avtomati va snayper miltiqlaridan o'q otishlarga bardosh bera olishini anglatadi. Mashina 400 ot kuchiga ega 6 litrli, V12 motori bilan harakatga keltiriladi. Mashina yurib o'tgan yo'l 25 ming km ni tashkil qiladi. 

2017 yilda Rossiya hukumatining alohida muhimlikdagi garajiga "Kortej" loyihasining ilk avtomobillari yetkazilishi kerak. Bu loyiha doirasida Rossiya siyosiy elitasi uchun sedan, yo'ltanlamas va miniven yaratilmoqda. Bundan tashqari, loyiha doirasida prezident limuzini ham tayyorlanadi. Ishlar Avtomobil va avtomotor markaziy ilmiy-tadqiqot instituti ko'magida olib borilmoqda. Mashinalarni seriyali tarzda ishlab chiqarish Sollers korxonasida yo'lga qo'yilmoqchi. 

Avvalroq internetda bo'lg'usi prezident limuzini asboblar paneli surati paydo bo'lgandi, 2016 yil yozda institut limuzinning 860 ot kuchiga ega, 12 silindrli dvigatelini taqdim qilgandi. Dekabrda hukumat mashinalari uchun logotip variantlari namoyish qilingandi.


Комментарии (1) | Добавить: 28.12.2016
1.  (28.12.2016 22:51)
amun
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Babayan Tailand va Eronga qarshi o'yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e`lon qildi. Yangi nomlar bor
Davlat test markazi rahbari o'zgardi
«Barselona» yangi formasini namoyish etdi
Toshkentda “Captiva” va “Prado” avtomobillaridan 7 mln so'mdan ortiq mol-mulkni o'g'irlagan shaxs ushlandi
Noutbuk xarid qilayotganda 10 ta ommaviy xato
Aholi soni bo'yicha Xitoy ortda qoldirildi
Nokia 9 rekord darajadagi operativ xotiraga ega bo‘ladi
Samsung suv tushishidan himoyalangan Galaxy Feel smartfonini namoyish qildi
1 iyundan boshlab "GM Uzbekistan" barcha avtomobillari so'mda sotilishi yo'lga qo'yiladi
Toshkentda oq qulupnay sotilmoqda
Yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmagan Jahongir Otajonovning konsertni qanday o'tdi
Chiroyli sochlarning 5 dushmani
Tirsak va tizza terisiga yoshlikni qaytarish usullari
Forbes eng serdaromad futbolchilar kimligini ma`lum qildi
Chempionlar ligasi finali ilk bor tomi yopiq stadionda o'tkaziladi
Balotelli: "Oltin to'p"ni yutishim uchun Messi va Ronalduni o'ldirishim kerak
Shoygu o'zbekistonlik hamkasbiga G'alaba Bayrog'i nusxasini topshirdi
Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar nomi ma`lum qilindi
Ofis xodimlari uchun oddiy mashqlar to‘plami
Ertalabki shoshma-shosharlikni yengishning 9 ta yo‘li
Ramazon oyida to'g'ri taomlanish uchun foydali maslahatlar
TOP-7: Eng qimmatbaho mobil telefonlar
Samsung allaqachon «Star» nomli Galaxy S9 ustida ish boshlagan
Joriy yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
Tvorog insult va infarktning oldini olishda foydali
Internet orqali mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo'ling
Markaziy bank boshqaruvi kimga o'tdi?
Usmonov Navalniyga qarshi: Shovqin kuchaymoqda
Ronalduga ancha ko'proq muddatga qamoq jazosi tahdid solmoqda
Sizga yoqmagan odamlar bilan qanday ishlash kerak?