У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya qishki Olimpiadadan chetlatildi

calendar 06.12.2017
1308

Xalqaro olimpiya qo'mitasining (XOQ) ijro qo'mitasi, Rossiya terma jamoasiga Pyongchangda o'tadigan qishki Olimpiada o'yinlarida faqat neytral bayroq ostida ishtirok etishiga ruxsat berdi.

Bundan tashqari, Rossiya olimpiya qo'mitasining (ROQ) tashkilotdagi a`zoligi vaqtinchalik to'xtatildi. 

Endi, Olimpiadaga yo'l oladigan sportchilar ro'yxatini XOQ maxsus komissiyasi belgilab beradi. Qayd qilinishicha, Sochi-2014 o'yinlarida ishtirok etgan mulozim, murabbiy va shifokorlarning birortasi qishki olimpiada o'yinlariga kiritilmaydi. 

Bundan tashqari, Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko va uning sobiq o'rinbosari Yuriy Nagornix umrbod diskvalifikatsiya qilindi va hech qachon Olimpiya o'yinlariga kiritilmasligi belgilandi.

Endi rossiyalik sportchilar o'z mamlakati bayrog'i ostida Janubiy Koreyadagi musobaqalarda ishtirok etolmaydi. Ular shaxsiy va jamoaviy musobaqalarda Olympic Athlete from Russia (OAR) nomi va Olimpiya o'yinlari bayrog'i ostida qatnashadi. Ularning taqdirlash marosimida esa Olimpiya o'yinlari madhiyasi yangraydi.

Avvalroq, XOQ Rossiya sportchilarini Sochi-2014 Olimpiadasida dopingdan ommaviy tarzda foydalanganlikda aybdor deb topgan va 11ta medaldan mahrum qilgan edi.

Яндекс.Метрика