У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya sun`iy yo'ldoshlarga qarshi qurol ishlab chiqarmoqda

calendar 27.01.2017
1595

AQSh Qurolli kuchlari strategik qo'mondonligi rahbari general Jon Haytenning bayonot berishicha, rossiyalik mutaxassislar sun`iy yo'ldoshlarga qarshi, shu jumladan, lazer qurol ishlab chiqarish bilan shug'ullanmoqda. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati bayonot bermoqda. 

«Rossiya sun`iy yo'ldoshlarga qarshi sezilarli harbiy imkoniyatlar, xususan, kosmosda bizning sun`iy yo'ldoshlarga tahdid solishi mumkin bo'lgan lazerlar va boshqa harbiy imkoniyatlarni o'rganmoqda», — degan general.

Uning so'zlariga ko'ra, Strategik qo'mondonlik kosmosda bunday harakatlarning oldini olishi va fazo kengliklarida to'qnashuvlarga yo'l qo'ymasligi kerak. 

«Ular (Rossiya va Xitoy) yaqin kelajakda kosmosda bizga tegishli bo'lgan har qanday fazoviy qurilmaga tahdid solish borasida o'z imkoniyatlarini qo'llay oladi. Biz bunga yo'l qo'ymasligimiz kerak va urushning oldini olishning eng yaxshi yo'li unga shay turishdir. AQSh shunday qiladi. Bizning urushga shayligimizni barcha bilib qo'yishini ta`minlaymiz», — deb qayd etgan Hayten.

2016 yil iyul oyida Rossiya Strategik ahamiyatdagi raketa qo'shinlari harbiy akademiyasi bo'limi o'qituvchisi podpolkovnik Aleksey Solodovnikov, mamlakatda  kosmosdan yadro zarbasi bera oladigan gipertovushli strategik bombardimonchi samolyot ishlab chiqilayotgani haqida ma`lum qilgan edi. Keyinroq, mudofaa vazirligi bu xabarni rad etgandi.

Яндекс.Метрика