Rossiya Suriyaga o'q otar qurollar, granatomyot va BTRlar etkazib beradi, deya yozmoqda "Kommersant'” nashri xorijiy mamlakatlar bilan harbiy-texnika hamkorlik sohasidagi axborot manbasiga asoslangan holda.
Axborot manbasining yozishicha, "ayni paytda Suriyaga o'q otar qurollar, granatomyotlar, BTR-82A bronetransportyorlari, "Ural” harbiy yuk mashinalari va Suriya armiyasi shaxsiy tarkibining muayyan joydagi harbiy harakatlari va ularning ko'chirilishi uchun zarur bo'lgan boshqa turdagi qurollarning bir necha partiyasini etkazib berish ishlari olib borilmoqda yoki tugallanish arafasida”.
Qayd etilishicha, qurollarni etkazib berish ishlari xalqaro qonunchilikka mos ravishda, barcha rasmiyatchiliklarga amal qilingan, Rossiya va Suriya hukumatlari o'rtasida tuzilgan shartnomalar doirasida olib borilmoqda.
Xabarda ta'kidlanishicha, mazkur kelishuvlar uchun mablag'ning bir qismi Damashq tomonidan to'langan, biroq Moskva va Isroil hukumati o'rtasida o'tkazilgan maslahatlashuvlardan so'ng etkazib bermaslikka qaror qilingan S-300PMU-2 havo hujumidan mudofaa qurolining etkazilishi uchun bo'nak sifatida taqdim etilgan mablag'lar evaziga amalga oshirilmoqda.