У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya Suriyaga S-400 zenit-raketa kompleksini joylashtirdi

calendar 26.11.2015
2284

Rossiya harbiylari Suriyada S-400 zenit-raketa kompleksini joylashtirdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga uzoq masofaga mo‘ljallangan S-400 zenit-raketa kompleksi joylashtirilishini ma’lum qilgan edi.

S-400 250 kilometrgacha bo‘lgan masofada havodagi nishonlarga zarba berish imkoniyatiga ega raketalar bilan jihozlangan.

Turkiya harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchisi 24-noyabr, seshanba kuni Rossiyaning Su-24 bombardimonchisini urib tushirganidan so‘ng, Rossiya bunday chorani ko‘rishga qaror qildi.

Яндекс.Метрика