У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya Ukrainaga gaz yetkazib berishni to‘xtatadi

calendar 25.11.2015
1205

Rossiya Ukrainaga gaz yetkazib berishni to‘xtatadi. Bu haqda “Gazprom” rahbari Aleksey Millerga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Bugun (25-noyabr) ertalab 10:00 holatiga ko‘ra, Ukraina ‘Naftogaz’i Rossiya gazining oldindan to‘langan hajmini batamom olib bo‘ldi. Yangi to‘lov amalga oshirilgani yo‘q. ‘Naftogaz’ gaz yetkazib berish haqida talabnoma taqdim etgani yo‘q. Shu tariqa, Ukraina kompaniyasidan yangi to‘lovlar tushmagunicha, gaz yetkazib berish to‘xtatiladi”, — dedi “Gazprom” rahbari.

Miller so‘zlariga ko‘ra, Rossiya gazini sotib olishdan bosh tortish Rossiya gazini Yevropaga Ukraina yo‘lagi orqali tranzit qilish uchun jiddiy risklarni yuzaga keltiradi, chunki Ukraina yer osti omborlaridan gazni olib qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Qrimning energetik qamal qilinishiga javoban, 24-noyabr, seshanba kundan Ukrainaga ko‘mir yetkazib berishni to‘xtatgani xabar berilgan edi.

Яндекс.Метрика