У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya va Abxaziya birlashgan qo‘shin guruhi to‘g‘risidagi kelishuv ratifikatsiya qilindi

calendar 22.11.2016
948

Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF va Abxaziya o‘rtasidagi birlashgan qo‘shinlar guruhi to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Hujjat 2015-yilning 21-noyabr kuni Moskvada imzolangan edi. Kelishuvga ko‘ra, birlashgan qo‘shin guruhi qurolli hujumlarga, shuningdek, ikki tomondan biriga harbiy xavf tug‘ilganida javob qaytarishga mo‘ljallanib tuziladi.

Qo‘shma tadbirlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishi RF va Abxaziya qurolli kuchlari bosh shtablarining qo‘shma direktivalari asosida o‘tkaziladi.

Яндекс.Метрика