У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya va Hitoy Arktikani o'zlashtirish markazi ochishdi

calendar 29.09.2016
991

Rossiya va Hitoy Arktikani sanoat jihatidan o'zlashtirish uchun qutb injiniring va ilmiy-tadqiqot markazini ta`sis etishdi, deb habar bermoqda "Interfaks" ahborot agentligi. 

Markaz negizida rossiyalik va hitoylik tadqiqotchilar hududni o'rganish va fundamental tajribalarni o'tkazish uchun jamoa yaratishadi.

Markazdagi ishning yo'nalishlaridan biri sifatida Rossiyaning Arktika hududi va Sariq dengizning shel'fi uchun muzlarga bardosh platformalar yaratilishi ma`lum qilindi. 
 
Tadqiqotchilar, shuningdek, qutb hududida betonlarning uzoq turishi, muhandislik inshootlarining ishonchliligi va kemalarga tushadigan muz yuklamalarini o'rganishadi.
 
Loyihada Rossiyaning Uzoq sharq federal universiteti va Hitoyning Harbin politehnika universiteti ishtirok etmoqda.

Яндекс.Метрика