Donbassdagi voqealar qanday rivojlanishiga qaramay, AQSh va IЕ Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar joriy qilishda davom etadi. Bu haqda Rossiya TIV o'rinbosari Sergey Ryabkov RAE-2015 ko'rgazmasi chog'ida ma'lum qildi.
"O'ylashimizcha, ayrim yo'nalishlarda, Donbassdagi voqealar qanday rivojlanishiga qaramay, AQSh va IЕ Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar joriy qilishda davom etadi”, - uning so'zlarini keltiradi RIA Novosti.
"Xalqaro moliyaviy xizmat ko'rsatish sohasida AQSh va ЕIdagi hamkasblarimiz barcha tirqishlarni berkitish uchun butun imkoniyatlarini ishga solishadi. Biz buni tushunamiz va shu sharoitlarda ishlashga o'rganamiz”, - qo'shimcha qildi u.