У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya yaqinda butunlay xonavayron bo'ladi – Poroshenko

calendar 08.03.2018
1126

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma`lum qilishicha, Rossiyani yaqinda «butunlay vayron bo'lishini» kutmoqda, sababi ushbu davlat qonunlarni hurmat qilmayapti. Bu haqda u Financial Times’ga bergan intervyusida aytib o'tdi.

Poroshenko «Naftogaz» hamda «Gazprom» bilan bog'liq vaziyatga izoh berarkan, buni juda jiddiy qabul qilayotganini bildirdi. Biroq shundan so'ng u Qrimning Rossiyaga qo'shilishi hamda Ukraina sharqidagi tajovuzkorlikni tilga olgan.

«Agarda Rossiya qonunlarni hurmat qilmasa va sud qarorini mensimasa, o'ylashimcha, unda yakunda Rossiya butunlay vayron bo'ladi. Bu haqiqatdir», - deya aytib o'tdi Poroshenko.

Ukraina prezidentining qo'shimcha qilishicha, agar Rossiya bundan keyin ham sud qaroriga e`tibor qaratishda davom etmasa, bu xalqaro savdoni olib borish qoidalari uchun «halokatga» aylanadi.

Яндекс.Метрика