У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada 23 yoshli xokkeychi mashg‘ulotdan keyin vafot etdi

calendar 08.01.2016
1287

Rossiyaning Nijniy Tagil shahrida “Sputnik” xokkey klubining 23 yoshli o‘yinchisi Sergey Simonov olamdan o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”.

Xabarda aytilishicha, Simonov shahar shifoxonasida operatsiyadan keyin vafot etgan, ammo tafsilotlar keltirilmayapti.

Xokkeychining o‘limi yuzasidan Tergov qo‘mitasi tekshiruv ishlarini boshladi. Qo‘mitaning Sverdlovsk viloyatidagi vakili Simonov mashg‘ulotdan keyin shifoxonaga tushib qolganini tasdiqladi, ammo o‘lim sabablari hali aniqlashtirilmaganini aytib o‘tdi. Tergov qo‘mitasi vakili barcha ekspertizalar tayinlangani, tez orada guvohlar so‘roq qilinishini qo‘shimcha qildi.

Sergey Simonov Oliy xokkey ligasida “Lada”, “Lipetsk” va “Sariarka” jamoalarida o‘ynagan. 2015/16-yilgi mavsumni “Kristall”da boshlagan, keyinroq esa “Sputnik” klubiga o‘tgandi.

Яндекс.Метрика