У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada 3,5 ming shaxsiy terrorizm homiylari aniqlandi

calendar 20.11.2015
1714

2013-2014 yillarda 3,5 ming nafardan ziyod Rossiya fuqarosi terroristik guruhlarga pul mablag'larini yuborgan. “Izvestiya” gazetasi mazkur ma'lumotlarni Rossiya moliyaviy monitoring mahkamasi tomonidan 20 noyabr kuni e'lon qilingan ma'lumotlarga asoslangan holda taqdim etdi.

Moliyaviy yordam mamlakatning 80 hududidan yo'naltirilgan. Ko'rsatib o'tilgan ikki yil ichida 40 million rubl terroristlarga moliyaviy ko'mak sifatida yuborilgan bo'lsa, 2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida IShID terroristik guruhini qo'llab-quvvatlash uchun 300 million rubl jo'natilgan. Terrorizmni moliyalashtirishning asosiy kanali sifatida kraudfanding, ya'ni internet orqali ko'ngilli xayr-ehson qilish tizimlaridan foydalanilgan.

Bunda odatiy internet-do'konlarga pul o'tkazish usuli ham qo'llanilgan. Biroq agarda kriptovalyutalardan foydalanilgan bo'lsa, mablag'lar ortidan kuzatishning imkoni yo'q ekani qayd etib o'tild.
Mamlakat ichida qo'rqitish, turli o'g'irliklar, odam savdosi kabi jinoyatlar terrorizmni moliyalashtiradigan asosiy daromad manbalar sifatida aytilmoqda.

Shuningdek, moliyaviy razvedka terrorist-jangarilarning qaytarilmaydigan kreditlar yoki ko'chmas mulklarni sotish bilan bog'liq o'z-o'zini pul bilan ta'minlash tizimlarini ham aniqlagan.
Pul mablag'larining katta qismi mojarolar hududi yoki tranzit mamlakatlarda naqtlashtirilmoqda, deya qayd etdi nashr.

Яндекс.Метрика