У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada 44 ming butilkadan rekord darajada katta fil yasaldi

calendar 10.01.2017
1903

Arxangelskda Ginnesning Rekordlari kitobiga kirish maqsadi ko‘zlangan aksiya yakuniga yetdi. Plastik butilkalardan iborat ulkan fil qurib bitkazildi, deb yozadi TJournal.

Filning balandligi sakkiz metr, uzunligi esa 12,5 metrni tashkil qiladi. 44 500 ta butilkadan iborat qutb filining og‘irligi 2,5 tonnadir.

G‘aroyib haykalni barpo etish 2016-yilning sentabrida boshlangan edi. Aksiyadan bir nechta — xomashyoni ikkilamchi qayta ishlash muammosiga e’tibor qaratish, fuqarolar chiqitlarni alohida yig‘ishga hali tayyor emasligini ko‘rsatish, shuningdek, shaharni Ginnesning Rekordlari kitobiga kiritish maqsadlari ko‘zlangan.

Aksiya faollari material to‘plash uchun shaharda maxsus qizil qutilar o‘rnatib, ularga faqat plastik butilkalarni tashlashni so‘radi. Biroq birinchi kunlari ularga maishiy chiqitlarning 90 foizi tashlanganligi aniqlandi. Tashkilotchilar taslim bo‘lmasdan, aksiyani davom ettirdi.

Besh kishigacha bo‘lgan payvand qiluvchilarning ikki jamoasi karkasni yaratish ustida ikki smenada ish olib bordi. Haykal shamol va og‘irlikka chidamli ekanligi ta’kidlanmoqda.

 

 

 

Яндекс.Метрика