У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada 7 yoshdan kichik bolalarni mashinada yolg'iz qoldirish taqiqlandi

calendar 03.07.2017
974

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Yo'l harakati xavfsizligi qoidalariga o'zgartirishlar kiritish haqidagi farmonni imzoladi

Qoidalarning yangi tahririda 7 yoshdan kichik bolalarni avtomobillarda bir o'zlarini qoldirish taqiqlab qo'yildi. Mashina to'xtab turganda bola bilan birga katta yoshli odam bo'lishi kerak.

Qoidalarning 12-bo'limi transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishini tartibga soladi. Unga ko'ra, to'xtash va to'xtab turish qoidalarining buzilishi ogohlantirish yoki 500 rubl miqdorida ma`muriy jarima solish bilan jazolanadi.

Yangi farmonda bolalarni transport vositalarida xavfsizlik kamarlari va tutib turuvchi qurilmalar – bolalar o'rindiqlari bilangina tashish mumkinligi belgilab qo'yildi.

Яндекс.Метрика