Rossiyada bir erkak bolta bilan butun oilasini chopib tashladi



Rossiyaning Perm o‘lkasi Ugleuralskiy shaharchasida istiqomat qiluvchi erkak to‘rt yaqin qarindoshi – onasi, otasi, buvisi va ukasini bolta bilan chopib tashladi. Bu haqda o‘lka Tergov qo‘mitasi saytida xabar berilgan. Foto: Kommersant Foto: Kommersant Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 1991-yilda tug‘ilgan erkak 22-iyun kuni shaxsiy adovat sabab 17 yoshli ukasining boshiga bolta bilan urgan. Shundan so‘ng boshqa qarindoshlari istiqomat qiladigan uyga kelib, xuddi o‘sha qurol bilan o‘z buvisi va onasini o‘ldirgan. Shundan so‘ng amakisining mashinasida qo‘shni Gubaxa shahriga jo‘nab ketgan va bir kechani u yerda o‘tkazib, uyga qaytgan. Uyda otasining ishdan qaytishini kutib, uni ham o‘ldirgan. "Otasi o‘lganiga ishonchi komil bo‘lganidan so‘ng, gumonlanuvchi uyga benzin sepib chiqib, yoqib yuborgan va qayd etilgan mashinada Gubaxa shahrida yashiringan”, – deyiladi idora xabarida. Hozirgi vaqtda gumonlanuvchi hibsga olingan va ko‘rsatma bermoqda. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Комментарии (4) | Добавить: 24.06.2015
4. DJNext (26.06.2015 07:09)
Psix bilet yaqin larni oldirib nima keragi bor
3. IDEAL_MEN (25.06.2015 00:38)
Bunga shunday jazo qo'lash kerak bu jazoni eshitgan odam shu qilgan ishni takrorlashga qo'rqish kerak u shunday jazo bo'lishi kerakki...
2. _Yagona_ (25.06.2015 00:10)
Ey Xudo qanday zamon bu ?!...
1. Qaraqalpaq_balasi (24.06.2015 19:58)
Yomon bobdi qanaqa qib chopadh
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]