У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada bir o‘quv yili davomida 211 o‘quvchi jismoniy tarbiya darslarida halok bo‘ldi

calendar 09.10.2017
1448

Rossiyada 2016/2017-o‘quv yili davomida jismoniy tarbiya darslarida 211 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi. Bu haqda, Meduza’ning xabar berishicha, Rossiya fan va ta’lim vaziri Olga Vasilyeva ma’lum qilgan.

“Bizda maktabga qatnayotgan bolalarning salomatligi ahvoli haqida ma’lumotlar yo‘q”, — dedi vazir. Uning qayd etishicha, avvallari maktablarda salomatlik guruhlari bo‘lgan va jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarga buyuriladigan yuklamalar belgilanganidan oshib ketishi mumkin emas edi.

Vasilyevaning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik shifokorlar bilan ular o‘quvchilarni u yoki “salomatlik guruhi”ga biriktirib qo‘yishi borasida kelishib olgan.

Biroq, vazirning qayd etishicha, shuning o‘zi yetarli emas. Uning fikricha, o‘qituvchi qanday tashxisli bola bilan ishlayotganini bilishi kerak. Masalan, Vasilyevaning aytishicha, pedagog epilepsiya holatida nima qilishni bilishi kerak.

“Shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi mana nimalarga olib keldi — bizda tibbiy kartalar yo‘q, biz bola nimalar bilan kasallanganini bilmaymiz”, — dedi Rossiya fan va ta’lim vaziri.

Amaldagi qoidalarga ko‘ra, Rossiya maktablarida haftasiga uch marta jismoniy tarbiya darslari o‘tiladi.

2016-yil avgustida ta’lim vaziri Olga Vasilyeva uchinchi jismoniy tarbiya darsi o‘rniga sport raqsi yoki ritmika mashg‘ulotlarini o‘tkazishni taklif qilgan edi.

Яндекс.Метрика