У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada bir yarim yoshli qiz onasini qor “ko‘chkisi”dan qutqarib qoldi (video)

calendar 04.03.2018
787

Rossiyaning Murmansk viloyatida bir yarim yoshli qiz va ikki ayolning ustiga qor uyumi quladi. Hodisa videoyozuvi Tergov qo‘mitasining Telegram’dagi kanalida chop etildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Kadrlarda binoning kirish qismida ikki ayol turganligini ko‘rish mumkin. Ulardan biri kichkina qizini qo‘lidan ushlab turgan. Qaysidir lahzada qiz onasini chetga tortadi. Ayol tanishi bilan suhbatni davom ettirib, chetga suriladi. Bir necha soniyadan so‘ng tomdan ulkan qor uyumi qulaydi.

“Qor ko‘chkisi” har uchalasi ustiga tushganligiga qaramasdan, bolasi bor ayol bino yaqinida turgan tanishiga qaraganda kamroq jabrlanganligini taxmin qilish mumkin.

Qo‘mitaning ta’kidlashicha, hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Яндекс.Метрика