У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Igor Sergun olamdan o'tdi

calendar 05.01.2016
1215

Rossiya Bosh shtabi razvedka bosh boshqarmasi boshlig'i general-polkovnik Igor Sergun kutilmaganda 59 yoshida olamdan ko'z yumdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning o'limi yuzasidan hamdardlik bildirgan.

"Hamkasblari va uning qo'l ostidagilari uni haqiqiy mard va vatanparvar zobit sifatida bilishardi. U tajribali qo'mondon hamda hamisha jangovar harbiy edi. Uning professionalligi, halolligi va tartibliligi hurmatga loyiq edi", deyiladi prezident telegrammasida.

Putin marhumning Suvorovskiydagi gimnaziyada tahsil olishidan Rossiya Bosh shtabi razvedka bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimigacha bo'lgan hayoti va faoliyatini eslab o'tgan hamda u o'z umrini vatan qurolli kuchlari uchun bag'ishlaganini e'tirof etgan.

Яндекс.Метрика