У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada dollar kursi 2015 yilda ilk marta 73 rubldan oshdi

calendar 30.12.2015
1146

           

30 dekabr, chorshanba kuni neft narxining tushish natijasida Rossiya rublida ham pasayish kuzatildi.

Moskva birjasi ma'lumotiga ko'ra, dollar o'zining yillik eng maksimum narxini tashkil qilgan va 1 dollar 73,14 rublgacha qiymatni tashkil qilmoqda. Еvro 80,02 rublgacha (yozdan buyon maksimal ko'rsatkich) oshdi.

Davlat rasmiy kursi esa 30 dekabr holatiga ko'ra 1 dollar - 72,51 rubl, 1 evro esa 79,55 rubl.

Neftning Brent markasining bir barreli birja savdolarida 37,34 dollarga baholangan. 1 kun oldin narx 37,79 dollarni tashkil etgandi.

Яндекс.Метрика