У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada ilk qirg'iz qishlog'i paydo bo'ldi

calendar 17.05.2018
1213

Rossiyada ilk qirg'iz qishlog'i “Ala-Too-1”ga asos solindi. Bu haqda “Ala-Too-1” kompaniyasi rahbari o'rinbosari Gulmira Kazibekova ma`lum qildi.  

Qishloq Moskvadan 120 km uzoqlikda, Paxomovo stansiyasi yaqinida joylashgan.

“Qishloq barpo etilgan yer Tula viloyatiga qarashli, biroq Moskvaga yaqinroq, poytaxtdan mashinada bir soatlik masofada joylashgan. Qishloqda hammasi bo'lib 600 ta yer maydoni sotilgan, taxminan 40 kishi uylarga joylashgan. Elektr energiya bor, biroq gaz qishloqning yarmi qurilgach o'tkaziladi. Yaqin atrofda zavod, fabrikalar bor. Shu tufayli hamyurtlarimiz u yerga ishga joylashishlari, farzandlarini bog'chalarga berishlari mumkin. Yer maydonini Qirg'iziston fuqarosi pasporti bo'yicha sotib olish mumkin”, deb ma`lum qildi Kazibekova.

“Rossiyadagi muhojirlarning deyarli 80 foizi Rossiya fuqaroligini olgan. Shu sababli bizning qishloq bo'lishini istadik. Ryazan viloyatida ham qirg'izlarga yer sotila boshlanibdi. Biroq biz Rossiyada hozircha birinchi bo'lsak kerak”, deb qo'shimcha qilgan Kazibekova.

Яндекс.Метрика