У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada masofadan turib boshqariladigan “Andronavt” yaratildi

calendar 10.11.2015
1385

Rossiyada Xalqaro kosmik stansiyasida (XKS) faoliyat ko‘rsatigan yordamchi robot yaratildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Andronavt” robototexnik tizimning so‘nggi toifasiga mansub. U operator tomonidan masofadan turib boshqarilishi mumkin. Xususan, ayni paytda rejalashtirilayotgan Oyga odam ishtirokidagi ekspeditsiya davomida bunday robotlar qo‘l kelishi aytilmoqda.

XKSda bunday yordamchi robotning paydo bo‘lishi tizimning murakkablashishiga olib keladi, chunki stansiyada kosmonavtlardan tashqari yangi ishtirokchi paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, “Andronavt” ko‘p narsalarni uddalay olishi tufayli odamlarning ishi ancha yengillashadi.

Яндекс.Метрика