У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada migrantlar uchun jarimalar oshirilishi mumkin

calendar 23.05.2017
1144

Rossiya davlat Dumasiga xorijliklar va Rossiya fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, Rossiyada istiqomat qilish uchun hujjatlarni noto'g'ri rasmiylashtirsalar, ularga nisbatan qo'llaniluvchi ma`muriy jarimalarni oshirish haqida qonun loyihasi kiritildi.

Bu haqda Rossiya hukumati saytida xabar berilgan.

Hujjatga ko'ra, ma`muriy jarimalarni quyidagi ko'rinishda oshirish rejalashtirilgan: fuqarolar uchun – 5 ming rublga (ayni damdagi maksimal summa – 4 ming rubl), mansabdor shaxslarga – 50 ming rublga (ayni damda – 30 ming rubl), yuridik shaxslarga – 500 ming rublga (ayni damda – 300 ming rublgacha).

Ma`lumotnomada ta`kidlanishicha, bu tashabbus qonunchilikni mamlakat milliy xavfsizligini ta`minlash maqsadida yanada takomillashtiradi.

Яндекс.Метрика