У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada O'zbekiston va Tojikiston fuqarolari o'rtasida mushtlashuv yuz berdi

calendar 26.10.2017
1718

Rossiyaning Nijniy Tagil shahridagi Vagonka kichik tumanida joylashgan bozorda 25 oktabr kuni kechqurun asli kelib chiqishi markaziy osiyolik bo'lgan shaxslar o'rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Mahalliy aholi ma`lumotlariga ko'ra, mojaroda Tojikiston va O'zbekiston fuqarolari ishtirok etishgan. Voqeaga politsiya xodimlari hamda OMON jangchilari aralashishga majbur bo'ldi.

Veved.ru nashrining xabar berishicha, yetti kishi politsiya bo'linmasiga olib ketilgan. Qayd etilishicha, hodisa avtoturargohdagi joy tufayli yuz bergan. Erkaklarni ajratishga uringan ayollardan biri qo'lidan pichoq bilan berilgan zarba tufayli jarohat olgan. 

Ayni damda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mojaroda ishtirok etgan shaxslarni so'roq qilishmoqda, boshlangan tekshiruv yakunlari bo'yicha tegishli protsessual qaror qabul qilinadi.

Яндекс.Метрика